Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash

 

Freester internet-do'konida xaridni amalga oshirayotib, jismoniy shaxs ООО «TREND FOCUS» ga shaxsiy ma'lumotlarni to'plash, qayd etish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (taqdim etish, kirish), bloklash, o'chirish, yo'q qilish uchun rozilik beradi.

 

Operatorning ism va manzili: ООО «TREND FOCUS»  Toshkent shahri, Amir Temur xiyoboni, 60.

Operatorlarimiz quyidagi raqam orqali sizga kerakli ma'lumotlarni taqdim etishdan mamnun bo'lishadi:

+998 78 888 555 8. Har kuni 11:00 dan 20:00 gacha.

 

FOYDALANUVCHI SHARTNOMASI

(OMMAVIY OFERTA)

 

1. ATAMALARNING TA'RIFI

 

1. Quyida keltirilgan atamalar ushbu Shartnoma maqsadlari uchun quyidagi ma'nolarga ega:

1.1 Freesterr internet-do'koni – https://freesterr.com/ domeni nomida joylashgan, Internet-resurs va unga tegishli xizmatlar orqali ishlaydigan, tanlov, buyurtma va (yoki) Tovarni xarid qilish imkonini beruvchi Tovarlar, Sotuvchi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan veb-sayt.

1.2 Sayt – https://freesterr.com/

1.3 Saytga tashrif buyuruvchi – Buyurtmani joylashtirish maqsadisiz https://freesterr.com/ saytiga kirgan shaxs.

1.4 Foydalanuvchi – ushbu Shartnomaning shartlarini qabul qiluvchi va Internet-do'konda buyurtmalarni joylashtirishni xohlovchi Saytga tashrif buyuruvchi, jismoniy shaxs.

1.5 Xaridor (Iste'molchi) – Internet-do'konda buyurtmani joylashtirgan Foydalanuvchi.

1.6 Sotuvchi – Tovarlari Internet-do'konda joylashtirilgan ООО «TREND FOCUS»

1.7 Internet-do'kon saytining Ma'muriyati – Sotuvchi nomidan ish yurituvchi Saytni boshqarishga vakolatli xodimlar.

1.8 Tovar – Saytda sotuv uchun taqdim etilgan oyoq kiyim, kiyim, aksessuarlar va boshqa tovarlar.

1.9 Buyurtma – Xaridor tomonidan belgilangan tartibda sotib olish va xaridor ko'rsatgan manzilga Saytda tanlangan Tovarlarni yetkazib berish / o'zi olib ketish yo'li bilan rasmiylashtirilgan so'rov.

1.10 Hisob qaydnomasi – shaxsiy ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi, login va parol yordamida kirish amalga oshiriluvchi saytda ro'yxatdan o'tish jarayonidan so'ng mavjud bo'luvchi Foydalanuvchi/Xaridor sahifasi. Hisob qaydnomasi orqali amalga oshirilgan harakatlar Hisob qaydnomasida shaxsiy ma'lumotlari ko'rsatilgan Foydalanuvchi/Xaridor tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi.

1.11. Call-markaz – murojaatlarni (qo'ng'iroqlarni) qayta ishlash, shu jumladan axborotli qo'llab-quvvatlashni amalga oshirish va ovozli aloqa kanallari orqali mijozlar buyurtmalarini qayta ishlash markazi.

 

2. UMUMIY HOLAT

 

2.1 Ushbu foydalanuvchi shartnomasi (keyingi o'rinlarda - Shartnoma) https://freesterr.com/ manzilida joylashgan Freesterr Internet-do'konining veb-saytiga va https://freesterr.com/ sayti bilan bog'liq barcha tegishli saytlarga taalluqlidir.

2.2 "Freesterr" Internet-do'konining Sayti (keyingi o'rinlarda - Sayt) ООО «TREND FOCUS» S.S mulki hisoblanadi.

2.3 Ushbu Shartnoma "Freesterr" onlayn-do'koni (keyingi o'rinlarda -  Internet-do'kon) va ushbu Sayt foydalanuvchisi o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

2.4 Internet-do'kon istalgan vaqtda ushbu Shartnomaning bandlarini bir tomonlama ravishda o'zgartirish, qo'shish yoki o'chirish, Saytdan foydalanish qoidalarini o'zgartirish, shuningdek, Foydalanuvchini ogohlantirmasdan ushbu Sayt mundarijasini o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. O'zgartirishlar Shartnomaning yangi tahriri Saytga joylangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

2.5 Foydalanuvchi ushbu Shartnomaga kiritilgan o'zgarishlarni tekshirish uchun shaxsan javobgar.

2.6 Foydalanuvchining Saytdan foydalanishda davom etishi Shartnomani va ushbu Shartnomaga kiritilgan o'zgarishlarni qabul qilganligini anglatadi. Ushbu Shartnomaga rozi bo'lmagan taqdirda, Foydalanuvchi darhol xizmatdan foydalanishni to'xtatishi va Saytdan chiqib ketishi kerak.

2.7 Foydalanuvchi ushbu Shartnoma shartlarini buzgan taqdirda, Internet-do'kon Saytga kirishni cheklash huquqiga ega.

2.8 Saytning materiallari va xizmatlaridan foydalanish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.

 

 

3. SHARTNOMA PREDMETI

 

3.1 Ushbu Shartnomaning predmeti Foydalanuvchiga tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy, oilaviy, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun https://freesterr.com/ Internet-do'kon katalogida taqdim etilgan Tovarlarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Ushbu Shartnoma Saytda taqdim etilgan barcha turdagi Tovarlar va xizmatlarga ushbu takliflar Internet-do'kon katalogida mavjudligi vaqtida taalluqlidir.

3.2 Ushbu Shartnomani huquqiy tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 26.04.1996 yildagi 221-I-son, “Elektron tijorat” 29.04.2004 yildagi 613-II-son, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2003 yildagi 75-son qaroriga 1-ilova), Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.06.2016 yildagi 185-son qaroriga 1-ilova) va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

3.3 Ushbu Shartnoma Internet-do'konning barcha mavjud (haqiqatdan ishlayotgan) xizmatlarini, shuningdek, unga kiritilgan har qanday keyingi o'zgartirishlarni va kelajakda paydo bo'ladigan Internet-do'konning qo'shimcha xizmatlarini o'z ichiga oladi.

3.4 Ushbu Shartnoma O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367,369 betlariga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Saytga kirish orqali Foydalanuvchi ushbu Shartnomaga qo’shilgan hisoblanadi.

3.5 Chakana oldi-sotdi shartnomasi Sotuvchi Xaridorga kassa yoki Tovar kvitansiyasi yoki Tovar uchun to'lovni tasdiqlovchi boshqa hujjat bergan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

 

4. SAYTDA RO’YXATDAN O’TISH

 

4.1 Saytda ro'yxatdan o'tish "Ro'yxatdan o'tish" qalqib chiquvchi oynasi yordamida amalga oshiriladi.

4.2 Saytda ro’yxatdan o’tish Buyurtmani rasmiylashtirish uchun majburiy shart hisoblanadi.

4.3 Internet-do'kon ro'yxatdan o'tish vaqtida Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning aniqligi va to'g'riligi uchun javobgar emas.

4.4 Foydalanuvchi hisob qaydnomasi ma'lumotlari, shu jumladan login, parol, shuningdek, Hisob foydalanuvchisi nomidan amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun, istisnosiz, maxfiyligini saqlash uchun shaxsan javobgardir. Foydalanuvchi o'z akkaunti, login, parolidan ruxsatsiz foydalanish yoki xavfsizlik tizimining boshqa har qanday buzilishi haqida darhol Sayt ma'muriyatini xabardor qilishi shart.

4.5 Foydalanuvchi/Xaridor ning Call-markaz operatorlari/menejerlari va sotuvchining boshqa vakillari o‘rtasidagi muloqoti umume’tirof etilgan axloq va muloqot odob-axloq qoidalariga asoslanishi kerak. Behayo so‘zlardan, haqoratomuz iboralar, shuningdek, qo‘rqitish va shantajdan foydalanish, ularning shakli va kimga qaratilganligidan qat’i nazar, qat’iyan man etiladi.

 

4.6. Sayt Foydalanuvchisi quyidagilarni o’z zimmasiga oladi:

4.6.1. Sayt Ma'muriyatining so’roviga binoan ushbu Sayt tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar bilan bevosita bog'liq bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlarni taqdim etish.

4.6.2. Saytdan foydalanishda mualliflar va boshqa huquq egalarining mulkiy va nomulkiy huquqlariga rioya qilish.

4.6.3. Saytning normal faoliyatini buzuvchi deb qabul qilinish mumkin bo’lgan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik.

4.6.4.  Jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan maxfiy ma’lumotlarni Saytdan foydalanishda tarqatmaslik.

4.6.5. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan qo’riqlanadigan ma’lumot maxfiyligi buzilishiga olib keluvchi har qanday harakatlardan tiyilish.

4.6.6. Sayt Ma'muriyatining roziligisiz reklama xarakteriga ega bo’lgan ma'lumotlarini tarqatish uchun Saytdan foydalanmaslik.

4.6.7. Internet-do'kon veb-sayti xizmatlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanmaslik:

- G‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga undash, shuningdek, harakatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida amaldagi cheklov va taqiqlarni buzishga qaratilgan shaxslarga yordam ko‘rsatish;

- Voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzish va (yoki) ularga har qanday shaklda zarar yetkazish;

- O'zini boshqa shaxs yoki tashkilot va (yoki) jamiyatning vakili sifatida, shu jumladan, ushbu Internet-do'kon xodimlari sifatida tanishtirish;

- Saytda joylashtirilgan Internet-do'kon katalogidagi har qanday Mahsulotning xususiyatlari va xarakteristikasi haqida noto'g'ri ma'lumot keltirish;

- Tovarlarni noto'g'ri taqqoslash, shuningdek, ayrim Tovarlardan foydalanadigan (yoki foydalanmaydigan) shaxslarga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirish yoki bunday shaxslarni qoralash.

 

4.7 Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:

4.7.1. Ushbu Internet-do'konning Sayt tarkibiga kirish, olish, nusxalash yoki kuzatish uchun har qanday qurilmalar, dasturlar, protseduralar, algoritmlar va usullar, avtomatik qurilmalar yoki shu bilan teng qo'lda amalga oshiriluvchi jarayonlardan foydalanish;

4.7.2. Saytning to’g’ri ishlashini buzish;

4.7.3. Ushbu Sayt xizmatlari tomonidan maxsus taqdim etilmagan har qanday ma'lumot, hujjatlar yoki materiallarni olish yoki olishga harakat qilish uchun har qanday yo'l bilan Saytning navigatsiya tuzilmasini chetlab o'tish;

4.7.4. Saytning funksiyalariga, ushbu Sayt bilan bog'liq har qanday boshqa tizimlar yoki tarmoqlarga, shuningdek Saytda taklif qilinadigan har qanday xizmatlarga ruxsatsiz kirish;

4.7.5. Saytning xavfsizlik yoki autentifikatsiya tizimlarini yoki Saytga bog’liq har qanday tarmoqni buzish.

4.7.6. Qayta qidiruvni amalga oshirish, saytning boshqa har qanday Foydalanuvchisi haqidagi ma'lumotlarni kuzatib borish yoki kuzatishga harakat qilish.

4.7.7. Saytdan va uning Mundarijasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan har qanday maqsadda foydalanish, shuningdek, Internet-do‘kon yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzuvchi har qanday noqonuniy yoki boshqa faoliyatga undash.

 

 

5. XARIDLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI

 

5.1. Xaridor reglament ishlari yoki texnik nosozliklar yuzaga kelgan davrlardan tashqari vaqtlarda sutkasiga 24 soat, haftasiga 7 kun Internet-do'konda Buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin.

5.2. Xaridor tomonidan buyurtma qilingan Tovar Sotuvchining omborida bo'lmagan holatlarda Sotuvchi bu haqda Xaridorni ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatgan manzilga tegishli elektron pochta xabarini yuborish yoki Call-markaz operatori qo'ng'irog'i orqali xabardor qilishga va  bunday Buyurtma bilan bog'liq harakatlar uchun muqobil variantlarni taklif qilish, shu jumladan bekor qilishni taklif qilishga haqli.

5.3. To'liq yoki qisman oldindan to'langan Buyurtma bekor qilingan taqdirda, bekor qilingan Tovarning qiymati Sotuvchi tomonidan Xaridorga Tovar uchun to'lov amalga oshirilgan usulda qaytariladi.

5.4. Xaridorning buyurtmasi Saytda ko'rsatilgan protseduralarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

5.5. Saytda Buyurtmani rasmiylashtirgandan so'ng Xaridorga ro'yxatdan o'tish vaqtida ko'rsatilgan elektron pochta manziliga yoki telefon orqali taxminiy yetkazib berish sanasi haqida ma'lumot beriladi. Ushbu Buyurtmaga xizmat ko'rsatuvchi Internet-do'kon vakili Buyurtmaning tafsilotlarini, Sotuvchining omborida buyurtma qilingan Tovar mavjudligini aniqlaydi, yetkazib berish sanasi va Buyurtmani qayta ishlash va yetkazib berish uchun zarur bo'lgan vaqtni kelishib oladi.

5.6. Buyurtmani yetkazib berish kuni kuryer Xaridor tomonidan belgilangan vaqt oralig'ida yetkazib berishning aniq muddatini kelishish, shuningdek Xaridordan  u ko'rsatgan manzilga yetib borish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olish uchun Buyurtmani joylashtirish vaqtida u ko'rsatgan telefon raqami bo'yicha Xaridor bilan bog'lanadi. Xaridor kuryerning qo'ng'irog'iga javob bermasa, Sotuvchi yetkazib berishni boshqa vaqtga va (yoki) boshqa kunga o'tkazishga haqli. Agar Xaridor Sotuvchi bilan bog'lanmasa va (yoki) yetkazib berishning boshqa vaqti va (yoki) boshqa kunini kelishmasa, Sotuvchining buyurtmani yetkazib berish majburiyati to'g'ri bajarilgan va Xaridor buyurtmani rad etgan va  shartnomani bajarishdan bosh tortgan deb hisoblanadi.

 

6. TOVARNI YETKAZIB BERISH TARTIBI

 

6.1. Internet-do’konda sotilayotgan tovarlarning usullari, yetkazib berishning taxminiy muddatlari, yetkazib berish hududi haqidagi ma'lumotlar Saytning "Yetkazib berish" bo'limida https://freesterr.com/ru/pages/delivery manzilida ko'rsatilgan.

Aniq yetkazib berish muddatlari buyurtmani tasdiqlashda Xaridor tomonidan Call-markaz operatori bilan kelishilishi mumkin.

6.2. Yetkazib berish kunidan bir kun oldin 17:00 dan so’ng qabul qilingan buyurtmalar ertasi kuni yetkazib beriladi. Dam olish va bayram kunlari yetkazib berish Xaridor hisobiga taksi xizmati orqali amalga oshirilishi mumkin.

6.3. Saytda keltirilgan va sotilayotgan Tovarlarning yetkazib berilishi hududi O’zbekiston Respublikasi hududi bilan chegaralanadi.

Yetkazib berish narxi quyidagi shartlar asosida hisoblanadi:

Toshkent shahri bo’ylab yetkazib berish:

  • 1 000 000 so’mdan ortiq buyurtmani rasmiylashtirganda – yetkazib berish bepul
  • 1 000 000 so’mdan kam bo’lgan buyurtmani rasmiylashtirganda – yetkazib berish 50 000 so’m

Toshkent shahri tashqarisiga yetkazib berish:

Viloyatga yetkazib berish –50 000 so'm

Yetkazib berishni hisoblash Saytda savatda buyurtmani rasmiylashtirishda avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

6.5. Yetkazib berishda Buyurtma Xaridorga yoki Buyurtmada Qabul qiluvchi sifatida ko'rsatilgan uchinchi shaxsga topshiriladi (keyingi o'rinlarda – Xaridor va uchinchi shaxs "Qabul qiluvchi" deb yuritiladi). Agar yuqorida ko'rsatilgan shaxslar tomonidan 100% miqdorida oldindan to'lov yo'li bilan to'langan Buyurtmani olishning iloji bo'lmasa, Buyurtma Buyurtma to'g'risida ma'lumot (yuk raqami va/yoki Qabul qiluvchining to'liq ismi) bera oladigan, shuningdek, Buyurtmaning narxini yetkazib berishni amalga oshiruvchiga to'liq to'lay oladigan shaxsga topshirilishi mumkin.

6.6. Buyurtma qabul qilinayotganda kuryer elektron buyurtmaning nusxasini taqdim etishi kerak.

Firibgarlik holatlarini oldini olish, shuningdek o'z zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarish maqsadida Foydalanuvchi oldindan to'langan Buyurtma topshirilayotgan vaqti Buyurtmani yetkazib beruvchi shaxsga Qabul qiluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni so'rashga, shuningdek Buyurtma uchun Qabul qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatning kvitansiyasi turi va raqamini ko'rsatishga rozi bo'ladi. Sotuvchi Qabul qiluvchining shaxsiy ma'lumotlarining maxfiyligi va himoyalanishini kafolatlaydi.

6.7. Tovarning tasodifiy yo'qolishi yoki tasodifiy shikastlanish xavfi Buyurtma unga topshirilgan va (yoki) Xaridor qabul qilinganligini (yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi hujjatlarni imzolagan paytdan boshlab Xaridorga o'tadi.

6.8. Sotuvchining Tovarni Xaridorga topshirish majburiyati kuryer Tovarni Buyurtmani berish uchun oldindan kelishilgan joyda (shu jumladan o'zi olib ketish punktida) Qabul qiluvchiga yetkazib bergan, Buyurtmani Qabul qiluvchi  Buyurtma topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni imzolagan paytda bajarilgan hisoblanadi.   Sotuvchi Tovarni yetkazib berish xizmatiga (tashuvchiga) topshirish vaqtida ham o‘z majburiyatlarini bajargan hisoblanadi.

6.9. Tovarni yetkazib berish vaqtida, kuryerdan Buyurtmani qabul qilgandan so'ng, Qabul qiluvchi yetkazib berilgan Tovarni tekshirish va e'lon qilingan miqdor, assortiment va tovarlarning to'liqligiga muvofiqligini tekshirish, so'ngra Buyurtma uchun to'lovni (100% oldindan to'lov bo'lmasa) amalga oshirish majburiyatini oladi. 

6.10. Qabul qiluvchining manzilida yetkazib berishni amalga oshirish uchun Sotuvchi vakillarining bo'lish vaqti 15 daqiqa bilan cheklangan.

6.11. Yetkazib berish sanasi va vaqtini Internet-do'kon vakili Buyurtmani tasdiqlash uchun Xaridor bilan bog'langanda aniqlash mumkin. Agar Tovarni yetkazib berish shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshirilgan bo'lsa, lekin Xaridorga bog'liq bo'lgan sabablarga ko'ra Tovar Xaridorga topshirilmagan bo'lsa, keyingi yetkazib berish Sotuvchi bilan kelishilgan yangi muddatlarda Tovarlarni yetkazib berish bo'yicha xizmatlar narxi qayta to'langandan so'ng amalga oshiriladi. 

6.12. Yetkazib berilgan tovarni sotib olishdan bosh tortgan taqdirda, Xaridor 50 000 so‘m yetkazib berish narxini to‘laydi.

 

7. TOVAR UCHUN TO'LASH TARTIBI

 

7.1. Internet-do‘konda sotilayotgan Tovarning narxi O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatilgan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan barcha soliq va yig‘imlarni o‘z ichiga oladi.

7.2. Mahsulotning narxi saytda ko'rsatilgan. Agar Xaridor tomonidan buyurtma qilingan Mahsulot narxi texnik nosozlik tufayli noto'g'ri ko'rsatilgan bo'lsa, Sotuvchi Buyurtmani tuzatilgan narx bo'yicha tasdiqlash yoki Buyurtmani bekor qilish uchun Xaridorni bu haqda xabardor qiladi. Agar Sotuvchi Xaridor bilan bog'lana olmasa, Buyurtma bekor qilingan hisoblanadi. Agar Buyurtma to'langan bo'lsa, Sotuvchi Xaridorga Buyurtma uchun to'langan summani to’lov amalga oshirilgan usulda qaytaradi.

7.3. Saytdagi Mahsulot narxi Sotuvchi tomonidan bir tomonlama o'zgartirilishi mumkin. Bunday holda, Xaridor tomonidan buyurtma qilingan Tovarning narxi o'zgarishi mumkin emas.

 

7.4. Tovar uchun to’lash usullari:

 

Kassa nazorat mashinasi yordamida naqd pul to'lovlari;

(Или можно Kassa apparati yordamida naqd pul to’lovlari)

Bank kartalarini qo’llagan holda to'lov terminali orqali to'lash; VISA MASTERCARD.

“PAYME”, “CLICK” to’lov tizimlari orqali to’lov

7.5. Internet-do’kon Tovarlar uchun chegirmalar taqdim etish va bonuslar dasturini o’rnatish huquqiga ega. Chegirmalar, bonus turlari, hisoblash tartibi va shartlari mustaqil ravishda belgilanadi va Saytda ko'rsatilgan hamda Sotuvchi tomonidan  Saytga ma'lumot joylashtirish orqali Xaridorga xabar bergan holda bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin.

7.10. Oʻzbekiston viloyatlariga yetkazib berish 100% oldindan toʻlov sharti bilan amalga oshiriladi.

8. TOVAR VA PUL MABLAG’LARINI QAYTARISH TARTIBI

 

8.1. Internet-do’konda sotilayotgan Tovarlarni qaytarish, alishtirish O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8.2. Amaldagi qonunchilik Sotuvchining qaytarilayotgan Tovarlar uchun Xaridorning manziliga borish majburiyatini nazarda tutmaydi.

8.3. Qaytarish, Qaytarish-Alishtirish quyidagi manzil orqali xarid qilingan Tovarning qabul qilish punktida amalga oshirilishi mumkin: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur xiyoboni, 60, Nike do’koni.

8.4. Xaridor tomonidan Tovarni qaytarishda quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

 

• QR kodi ko'rsatilgan savdo kvitansiyasi (naqd pul bilan to'langanda).

• QR kodli savdo kvitansiyasi va terminal kvitansiyasi (karta orqali to‘langanda)

• Yorliqli va qutisi bo'lgan Tovar (poyabzal sotib olganda) kir va vizual shikastlarsiz, to'g'ri holatda (yangi, foydalanilmagan, begona hidlardan xoli).

• Bank rekvizitlarini ko'rsatgan holda naqd pul yoki terminal summasini qaytarish uchun ariza.

 

8.5. Tovarlarni qaytarish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.02.2003 yildagi 75-son qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

8.6. Xaridor istalgan vaqtda buyurtma qilingan Tovarni qabul qilishdan oldin uni rad etishga haqli.

Xaridor tegishli sifatdagi Tovar yetkazib berilgan kundan boshlab 10 kun ichida ularni ushbu Shartnomaning 8.3-bandida ko'rsatilgan manzil bo'yicha o’xshash: o’lcham, shakl, hajm, uslubi, rang yoki komplektatsiyali boshqa tovarga narxda farq yuzaga kelganda Sotuvchi bilan zarur qayta hisobni amalga oshirgan holda almashtirishga haqli. Agar sotuvchida almashtirish uchun zarur bo'lgan Tovar bo'lmasa, Xaridor sotib olingan Tovarni Sotuvchiga qaytarish va buning uchun to'langan pul miqdorini olish huquqiga ega.

8.7. Tegishli sifatdagi Tovarni qaytarib berishda Xaridor Tovarning sotiladigan holati va iste'mol xususiyatlarining yaxlitligini tekshirish uchun Sotuvchiga Tovarni qaytarishi shart. Xaridorning Tovarni almashtirish yoki qaytarish haqidagi talablari Tovar ishlatilmagan, uning sotiladigan holati, qo’llanilish xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlanib qolgan bo’lsa, shuningdek ushbu Sotuvchidan xarid qilganligi haqida dalili bo’lsa qondirilishi mumkin, qaytarilishi yoki o‘xshash: o’lcham, shakl, hajm, uslubi, rang yoki komplektatsiyali boshqa tovarga almashtirilishi mumkin bo‘lmagan sifatli qayta sotila olmaydigan tovarlar Ro‘yxatida ko‘rsatilgan tovarlar bundan mustasno (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son  qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga 1-ilova).

8.8. Sotuvchi qaytarilgan Tovar sotuvchining omboriga kelib tushgan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan kundan boshlab 30 kalendar kun ichida qaytarilgan Tovarning qiymatini Xaridorga qaytaradi. Bunda, qaytarilgan mahsulot sifatsiz yoki nuqsonli deb topilsa, Xaridorning yetkazib berish xarajatlari qaytariladi. Agar mahsulot tegishli sifatda qaytarilsa, yetkazib berish xarajatlari qaytarilmaydi.

 

9. JAVOBGARLIK

 

9.1. Ushbu Shartnomaning har qanday bandining qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan buzilgani taqdirda, shuningdek, boshqa Foydalanuvchining aloqalariga ruxsatsiz kirish natijasida Foydalanuvchi ko‘rishi mumkin bo‘lgan har qanday yo‘qotishlar Sayt Ma’muriyati tomonidan qoplanmaydi.

9.2. Sayt Ma’muriyati quyidagilar uchun javobgar emas:

9.2.1. Fors-major holatlari natijasida operatsiyalarni amalga oshirishdagi kechikishlar yoki muvaffaqiyatsizliklar, shuningdek telekommunikatsiya, kompyuter, elektr va boshqa tegishli tizimlardagi har qanday nosozliklar.

9.2.2. O'tkazma tizimlari, banklar, to'lov tizimlari harakatlari va ularning ishi bilan bog'liq kechikishlar.

9.2.3. Saytning to'g'ri ishlashi, agar foydalanuvchi undan foydalanish uchun zarur texnik vositalarga ega bo'lmasa, shuningdek, foydalanuvchilarni bunday vositalar bilan ta'minlash majburiyatini zimmasiga olmaydi.

 

10. MAXFIYLIK VA MA’LUMOTNI HIMOYA QILISH

 

10.1. Foydalanuvchi/Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.

10.2. Saytda ro’yxatdan o’tishda Foydalanuvchi quyidagi ma’lumotni taqdim etadi:

Familiya, Ism, Otasining ismi, aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili, tug’ilgan sanasi, jinsi, Tovarning yetkazib berish manzili.

10.3. Shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etayotib, Saytga tashrif buyuruvchi/Foydalanuvchi/Xaridor Sotuvchi tomonidan ularning qayta ishlanishiga, jumladan Sotuvchining Saytga tashrif buyuruvchi/Foydalanuvchi/Xaridor oldidagi ushbu Ommaviy oferta doirasidagi majburiyatlarini bajarish maqsadida Saytga tashrif buyuruvchi/Foydalanuvchi/Xaridor bilan muloqot qilish, Sotuvchi tomonidan Tovarlar va xizmatlarni ilgari surish, elektron va SMS so‘rovnomalar o‘tkazish, marketing kampaniyalari natijalarini monitoring qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha davom etayotgan dasturlarda ishtirok etishga taklifnomalar, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash. , Xaridorlarga Tovarlarni yetkazib berishni tashkil etish, Sotuvchining hamkor kompaniyasidan iste’mol krediti olish, Saytga tashrif buyuruvchilar/Foydalanuvchilar/Xaridorlar o‘rtasida yutuqli o‘yinlar o‘tkazish, Saytga tashrif buyuruvchi/Foydalanuvchi/Xaridorning qoniqishini, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilishga rozilik beradi.

10.4. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash deganda avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, shu jumladan to'plash, qayd etish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish), shaxsiy ma'lumotlarni qidirish, foydalanish, o'tkazish (shu jumladan uchinchi shaxslarga berish, agar majburiyatlarni bajarish jarayonida zarurat tug'ilgan bo'lsa, transchegaraviy o'tkazishni istisno qilmasdan), shaxsiy ma'lumotlarni shaxsiylashtirish, blokirovka qilish, yo'q qilish nazarda tutiladi.

10.5. Internet-do'kon Foydalanuvchining/Xaridorning elektron pochtasiga va mobil telefoniga uning roziligi bilan ushbu abonentni yagona identifikatsiya qiluvchi va unga ma'lumot olish uchun o'z xohish-irodasini ishonchli tarzda aniqlash imkonini beradigan ma'lumotli xabarlarni, shu jumladan reklama xabarlarini yuborish huquqiga ega. Foydalanuvchi/Xaridor rad etish sabablarini tushuntirmagan holda reklama va boshqa ma’lumotlarni olishdan bosh tortishini Internet-do’konga quyidagi raqam  orqali bildirishga haqli: +998 78 888 555 8. Foydalanuvchi/Xaridorni buyurtma va uni qayta ishlash bosqichlari haqida xabardor qiluvchi xizmat xabarlari avtomatik tarzda yuboriladi va Foydalanuvchi/Xaridor tomonidan rad etilishi mumkin emas.

10.6. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish https://freesterr.com/ru/pages/withdrawalofconsent manzilida ko'rsatilgan shaklda ushbu Ommaviy ofertani qabul qilishni bekor qilish yo'li bilan amalga oshiriladi.

10.7. Internet-do’kon “cookies” texnologiyasidan foydalanish huquqiga ega. “Cookies” maxfiy ma’lumotni o’z ichiga olmaydi. Tashrif buyuruvchi/ Foydalanuvchi/Xaridor shu bilan cookies, shu jumladan uchinchi shaxslar tomonidan statistik ma'lumotlarni yaratish va reklama xabarlarini optimallashtirish uchun to'plash, tahlil qilish va foydalanishga rozilik beradi.

10.8. Internet-do’kon Saytga tashrif buyuruvchining ip-manzili haqida ma’lumotni oladi. Ushbu ma’lumot Tashrif buyuruvchining shaxsini aniqlash uchun ishlatilmaydi.

10.9. Internet-do'kon Foydalanuvchi/Xaridor tomonidan Saytda hammaga ochiq shaklda taqdim etilgan ma'lumotlar uchun javobgar emas.

10.10. Internet-do'kon Foydalanuvchi/Xaridor bilan telefon suhbatlarini, shu jumladan xizmat ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida yozib olish huquqiga ega. Shu bilan birga, Internet-do‘kon: “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, telefon orqali suhbatlar chog‘ida olingan ma’lumotlarga kirishga va/yoki Buyurtmalarni bajarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan uchinchi shaxslarga o‘tkazishga urinishlarning oldini olish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

10.11. Sayt Ma’muriyati Foydalanuvchining ushbu Shartnomaga o'zgartirishlar bo'yicha qarshi takliflarini qabul qilmaydi.

10.12. Saytda joylashtirilgan foydalanuvchi sharhlari maxfiy ma'lumot hisoblanmaydi va sayt Ma'muriyati tomonidan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.

 

11. OMMAVIY OFERTANING AMAL QILISH MUDDATI

 

11.1. Ushbu Ommaviy oferta uni Tashrif buyuruvchi/Xaridor tomonidan qabul qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Ommaviy ofertani qabul qilinishi bekor qilinmaguncha yoki u amalda bajarilgunga qadar, qaysi biri birinchi bo‘lib kelganidan qat’iy nazar amal qiladi.

 

12. QO’SHIMCHA SHARTLAR

 

12.1 Sotuvchi Xaridor bilan munosabatlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga topshirishga yoki boshqacha tarzda o'tkazishga haqli.

12.2. Internet-do'kon va taqdim etiluvchi xizmatlar profilaktik yoki boshqa ishlar yoki boshqa texnik sabablarga ko'ra vaqtincha qisman yoki to'liq ishlamay qolishi mumkin. Saytning texnik xizmati vaqti-vaqti bilan Xaridorlarni oldindan ogohlantirgan holda yoki ogohlantirmasdan zarur profilaktika yoki boshqa ishlarni bajarishga haqli.

12.3. Foydalanuvchi/Xaridor tomonidan savollar va da'volar bo'lsa, u sotuvchiga +998 78 888 555 8 telefon raqami orqali yoki ushbu Shartnomada yoki Saytning tegishli bo'limida ko'rsatilgan boshqa mavjud usulda murojaat qilish huquqiga ega.

12.4. Sud tomonidan ushbu Shartnomaning har qanday qoidasini amal qilmaydi deb tan olinishi qolgan qoidalarning amal qilmasligiga olib kelmaydi.

12.5. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha ommaviy oferta va javob, turli xabarnomalar, shu jumladan oddiy elektron imzo bilan imzolangan Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xabarnomalar qo‘lda yozilgan imzo bilan imzolangan qog‘oz hujjatlarga ekvivalent elektron hujjatlar deb e’tirof etilishini tan oladilar. Oddiy elektron imzo o’zidan Buyurtmani joylashtirishda ko'rsatilgan Xaridor/Tashrif buyuruvchi/Foydalanuvchining elektron pochta manzilini kasb etadi.

12.6. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan masalalarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.                                             

To Top