ALMASHTIRISH, QAYTARISH, RAD QILISH

Almashtirish

Tovarni almashtirishni faqat qabul qilish punktida buyurtmani olgan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshirish mumkin.

Tovarni xuddi o'sha sotuvchi kodiga ega boshqa o'lchamdagi Tovar mavjud bo'lgan holda almashtirish mumkin.

 

Tovarni almashtirishdan oldin Siz xarid qilgan tovarning boshqa o'lchami borligini operatordan quyidagi raqam orqali aniqlashtirish lozim: +998 78 888 555 8.

 

Operator tasdiqlaganidan so'ng Siz qabul qilish punktida quyidagi manzil bo'yicha almashtirishni amalga oshirishingiz mumkin: Amir Temur xiyoboni, 60, Nike do'koni.

Tovar yorlig', savdo kvitansiyasi bo'lgan, tegishli tashqi ko'rinishga ega (yangi, ishlatilmagan, begona hidsiz) va vizual shikastlardan holi bolgan vaziyatda almashtirilishi mumkin.

Agar bir nechta mahsulot sotib olingan bo'lsa, qisman almashtirish mumkin.

 

Rad qilish va qaytarish

 

Tovar bilan birga Siz quyidagi hujjatlarni olasiz:

QR kodi bor savdo kvitansiyasi (naqd pul bilan to'langan bo'lsa).

QR kodli savdo kvitansiyasi va terminal kvitansiyasi (karta orqali to'langan bo'lsa)

 

Pul mablag'larini qaytarish to'lov amalga oshirilgan usulda amalga oshiriladi.

Agar bir nechta Tovar xarid qilingan bo'lsa, to'lovni qisman qaytarish mumkin.

Aksiya bo'yicha xarid qilingan tovarlarni almashtirish yoki qaytarishda savdo chekida ko'rsatilgan barcha tovarlarni to'liq qaytarish talab qilinadi.

 

Qisman qaytarilganda yetkazib berish xarajatlari qaytarilmaydi.

Siz buyurtma qilingan Tovarni olganingizdan so'ng 14 kalendar kun ichida rad etishingiz mumkin.  Tovarlarni qaytarish uchun xaridorning shaxsiy ishtiroki talab qilinadi.

Pul mablag'larini qaytarish operator tomonidan tovar qaytarilganligini tasdiqlangan kundan boshlab 30 bank kuni ichida amalga oshiriladi.  Biz har doim to'lovlarni belgilangan muddatdan tezroq qaytarishga harakat qilamiz.

Tegishli sifatdagi Tovarni qaytarishda faqat Tovar narxi qaytariladi. Yetkazib berish yoki yuborish xarajatlari qaytarilmaydi.

Tegishli sifatga ega bo'lmagan Tovarni qaytarib berishda tovar va yetkazib berishning to'liq qiymati qaytariladi.

Naqd pulda to‘langan tovarlarni qaytarishda Amir Temur shoh ko‘chasi, 60, Nike do‘koni manzilidagi qabul qilish punktiga murojaat qilish zarur. Qaytarish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: QR kodli savdo kvitansiyasi (naqd pul bilan to'langan bo'lsa), QR kodli savdo kvitansiyasi va terminal kvitansiyasi (karta orqali to'langan bo'lsa)

 

Tovarni qaytarish yorlig'i, savdo kvitansiyasi mavjud bo'lgan, tovarning tegishli ko'rinishga ega (yangi, ishlatilmagan, begona hidsiz) bo'lgan, kir va tashqi shikastlarsiz bo'lgan holatida qaytarish mumkin. Tovarni kamchiliklari tufayli qaytarish 30 kun ichida qabul qilinadi.  Foydalanilmayotgan tovarlarni qaytarish muntazam davrda (chegirmalarsiz) 2 oy ichida va chegirmalar davrida 7 kun ichida qabul qilinadi.

 

!Diqqat qiling: «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida» gi qonunga muvofiq, quyidagi tovarlarni qaytarib bo'lmaydi: tikuv va trikotaj tovarlar (ichki kiyim, paypoq, qo'lqop).

To Top